Rasmiy munosabat! (25.01.2025 yil)
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari va mahalla raisi bilan birgalikda ushbu holat joyiga chiqib o‘rganildi. Tekshiruv natijasida murojaatda qayd etilgan holatlar tasdiqlanmadi, hududda noqonuniy qurilish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlari aniqlanmadi. Barcha ishlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ravishda tashkil etilgan.