Rasmiy munosabat! (26.02.2025 yil)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi Yakkabog‘ ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga oid eʼlon qilingan xabar bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
Holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Hozirda to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirib, Yakkabog‘ tuman prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun taqdim etilgan.