Qidirish

Rasmiy munosabat! (27.01.2025 yil)

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha tarqalgan xabarda keltirilgan holat O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish bo‘yicha O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi tashkilotlar pudratchi sifatida belgilangan va buyurtmachi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish istisno tariqasida ko‘zda tutilgan.

Loyihalash ishlari “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan amalga oshirilib, loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan. Barcha ishlar qonunchilik talablari asosida tashkil etilgan.