Rasmiy munosabat! (28.01.2025 yil)
Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha video murojaat e’lon qilindi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari tomonidan murojaatda keltirilgan holat o‘rganildi.
Natijada chorva mollari murojaatda keltirilgani kabi Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlarida emas, balki unga tutash “Oqtepa Abror chorvasi” fermer xo‘jaligi yerlarida boqilgani aniqlandi.
Daraxtlar kesilishi O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan sog‘lomlashtirish va qayta tiklash maqsadida amalga oshirilgan.