Qidirish

Jamoatchilik kengashi

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funktsiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʼyobga chiqarish boʼyicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bogʼlab turadigan «koʼprik» rolini bajarish;

davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʼrovlar oʼtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʼtkazish;

davlat organi faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʼtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʼyicha takliflar tayyorlash;

davlat organi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʼgʼrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrganish va ularni yaxshilash boʼyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organi faoliyati boʼyicha fuqarolar oʼrtasida oʼtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʼrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʼshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʼyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʼyicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.


Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining tarkibi



F.I.ShLavozimi
Аʼzoligi
Telefon raqami (elektron pochta)
1Xamzaev Аbdushukur Xudoyqulovich
Qoʼmita raisi urinbosari
Jamoatchilik kengashi raisi
71 225 72 32 markaz@urmon.uz 
2Masharipov Ulugʼbek
Oʼrmon qonunchiligi talablari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʼi
Jamoatchilik kengashi raisi oʼrinbosari
71 263 08 24 (108) nazorat@urmon.uz
3Yodgorova Gulrux
Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Jamoatchilik kengashi kotibi
71 263 08 24 ijara@urmon.uz
4Latipov Muzaffar
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʼi
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
71 263 08 24 (209) ijro@urmon.uz
5Xudjaev Gʼanisher
Oʼrmonni qoʼriqlash va muhofaza qilish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
71 263 08 24 (418) muhofaza@urmon.uz 
6Xoʼjaev Olim
Iqtisodiy tahlil, prognozlashtirish. moliyalashtirish va jamgʼarma mablagʼlarini boshqarish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
71 263 08 24 (208) texnika@urmon.uz 
7Xolmatov Kamoliddin
Kadrlar ishlari boʼlimi boshligʼi
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
71 263 08 24 (113) kadr@urmon.uz
8Ibadullaeva Oygul Radjapbaevna
Oʼrmon xoʼjaligi ilmiy- tadqiqot instituti Malaka oshirish markazi boshligʼi
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
71 225 72 32 markaz@urmon.uz
9Fazliev Farrux
Milliy tabiat bogʼlari va ovchilik xoʼjaliklari boshqarmasi boshligʼi
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
98 007 29 80 boshquriqxona@urmon.uz
10Odilov Toxirjon
“Oʼrmoninvest” DUK rahbari
Jamoatchilik kengashi aʼzosi
90 371 23 32 invest@urmon.uz

Jamoatchilik kengashi tarkibi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisining 2020 yil 6 iyuldagi 112-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan.


Qoʼmita Matbuot xizmati Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.


Matbuot xizmati bilan bogʼlanish:


F.I.Sh: Аshurov Otabek Аnvarovich

tel. +998 (71) 263-03-37

e-mail: matbuot@urmon.uz