Qidirish
11/04/23, 15:05
263

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi

Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish va shu asosda bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

2022/2023 o‘quv yilida universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga taqsimlash tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri tashkil etildi.

“Karera kuni” mehnat yarmarkasida O‘rmon xo‘jaligi agentligi mas’ullari “Manzarali gullar va daraxtlar” faoliyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmali materiallar (banner va bukletlar) hamda bo‘sh vakant ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash esa bugunning dolzarb vazifasidir.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati