Qidirish
17/03/23, 17:58
268

“Yashil makon” loyihasi faqat millionlab daraxt ekishdan iborat emas…

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, “Yashil makon” millionlab daraxt ekishgina emas, balki toʻgʻri joyga ekish va parvarish qilish hamdir.

Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligida yashil makon umummilliy loyihasi doirasida xoʻjalikning 50 gektar yer maydonida 100 ming dona tez oʻsuvchi terak koʻchatlari ekildi.

Shuningdek, 10 gektar yer maydonda 1 mln dona terak qalamchalaridan terak koʻchatxonalari tayyorlanib agrotexnik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, qonunchilikda ham daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika xaritasini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilab qoʻyilgan.


Dilrabo Boboyeva Oʻrmon xoʻjaligi agentligi axborot xizmati