Qidirish
11/04/23, 15:50
255

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali ekologik muhitni yaxshilash, hududlarning yashillik darajasini oshirish rejalashtirilgan.

Amaliyotga to‘la tatbiq etilayotgan mazkur loyiha doirasida xalqimiz birlashib, bu xayrli va ezgu tashabbusga o‘z hissasini qo‘shishga kirishdi. Yurtimizning har bir go‘shasida millionlab daraxt nihollari yerga qadaldi.

Bugungi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarida barcha korxona, tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari, yoshlar, umuman, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 28 mart sanasida “Zamin” halqaro jamoat fondi, Tabiat resurslari vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, hamda Toshkent shahar hokimiyati mas’ullarining tashabbuslari bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent shahri tumanlarining obodonlashtirish boshqarmalari hodimlari, karantin xizmati xodimlari hamda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, soha mutaxassislari daraxt va buta ko‘chatlarini belgilangan talablar asosida ekilishini tashkillashtirish, daraxtlarning kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini samarali tarzda tashkil etish yuzasidan o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Amaliy seminar yakunida mavzu yuzasidan savol va takliflar muhokama qilindi.