Bir kelib keting qishlog‘imizga!
Tarixi yaqin 4,5 ming yilga borib taqaladigan Chodak o‘zining betakror tabiati, qiru tog‘lari va soyu jilg‘alari bilan azaldan minglab sayyohlarni o‘ziga tortib kelgan. So‘nggi yillarda qishloqning turizm salohiyatini yanada yuksaltirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yu. Oripova Namangan viloyati Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘ldi. U yerda faoliyat olib borayotgan xotin qizlar bilan tanishdi. Shuninngdek, Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodaklik xotin- qizlar faoliyatini kuzatdi.
Yu.Oripova xotin-qizlar bilan muloqot jarayonida ularga yaratib berilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi, shart-sharoitlarini o‘rgandi. Aholining bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, xunarmandchilikni rivojlantirishda ayollarning ulushini oshirish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini quritish va qadoqlash bo‘yicha ayollarning biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, mehmon uylarini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish borasida tadbirkor va mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.
Suhbat jarayonida hunarmandlarga xotin-qizlarni "ustoz-shogird" tizimi asosida biriktirish orqali xotin-qizlarning bandligi ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Qayd etish lozimki, Namanganning Pop tumanidagi Chodak qishlog‘i viloyatning Nanay, Gʻova, Parda Tursun kabi go‘zal va bahavo manzillaridan. Yoz oylari bu yerdan mehmonlarning qadami arimaydi. Shu sababli bu hudud haqida ko‘pchilik eshitgan, biladigandek tasavvur uyg‘onadi. Chodakda har bir mahalla o‘zgacha tarovotga ega. Fayzli, saranjom-sarishta. Chodakda 30 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi.
- Chodak iqlimi moʻtadil, salqin havo past tekisliklardan 12 – 15 daraja farq qiladi, deydi Yu.Oripova.- Davlat rahbarining tashabbusi bilan Namangan viloyati rivojiga ham katta e’tibor qaratildi. Pop tumani "Chodak" qishlog‘ining mavjud mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasini, xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholining bandligini, daromadlarini oshirish maqsadida tegishli qonunlar qabul qilindi. Bugun joylarda aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilar maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysiga zamonaviy avtomobil va temiryo‘l o‘tganidan keyin Chodak o‘zgarib ketdi. Qishloq haqiqiy sayyohlik maskaniga aylandi. Yangi mehmonxonalar, dam olish maskanlari, ko‘p qavatli uy-joylar, sanoat zonasi, sport majmuasi, maktabgacha ta’lim muassasalari bunyod etildi. “Har bir oila – tadbirkor” shiori ostida odamlarning o‘zlari yeng shimarib ishga kirishib ketdi. Aholi orasida xotin-qizlarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari doirasida "Fayzli xonadon", "Oilada farzand tarbiyasi" tadbirlari tashkil etilishi ham bejizga emas.
Aytib o‘tish kerakki, Namangan viloyati Pop ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida bugungi kunda uzoq muddatli ijara tizimi orqali aholini ish bilan ta’minlashda tuzilgan shartnomani 31% xotin-qizlar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yulduz Oripova boshchiligidagi ishchi-guruh a’zolari va aholi ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda xotin-qizlarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish va bandligini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.