Daraxt ekishga hech kim befarq bo‘lmasligi kerak!
Yashillik olami hayotimiz, nafas olishimiz, o‘pkamiz tozaligi uchun kerak. Davlat rahbari ta'kidlaganidek, kimdir kelib O‘zbekistonda bizning ekologiyamizni to‘g‘rilab bermaydi. Kimdir kelib mahallamizga, Orolning qurigan tubiga daraxt ekib bermaydi hech qachon. Faqat va faqat temir intizom va o‘zimizning tinimsiz, mashaqqatli mehnatimiz natijasida pirovard maqsadga erishamiz.
Bugun joylarda o‘rmonchilikni kengaytirish, yashillikni saqlash borasida soha xodimlari tomonidan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Darg‘om davdat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan yirik hajmli ko‘chat qalamchalarini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, aynan daraxt ekish vazifasiga jamiyatimizda befarq bo‘lmaslik kerak. Ertangi avlodga munosib musaffo hayot qoldirish uchun barchamiz birdek mas'ulmiz!