Qidirish
13/06/24, 14:36
50

G‘alla yig‘imi mavsumi avjida

Respublikada boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, yuqori sifatli urug‘lik materiallarini tayyorlash, agrotexnologiyaning ilg‘or usullarini qo‘llash hamda fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati, Muborak davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 25 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla nest-nobud qilmasdan o‘rib olinmoqda. G‘alla hosilini o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish jarayonida barcha zaruriy chora-tadbirlarga amal qilinmoqda. Hududlarga maxsus texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan.