Press-reliz
Toshkent shahri atrofida jami 441 gektarmaydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.
Bugungi kunda butun dunyoda iqlim o‘zgarishi natijasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun ham yangi o‘n yillikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu atrof-muhitni muhofaza qilishdir.
Davlat rahbariring tashabbusi bilan 2021 yil kuzgi mavsumda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Belgilangan tartibga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 2023 yil kuz mavsumida jami85 mln. dona ko‘chatlar ekilishi belgilangan. Bugungi kun holatiga respublikamizning barcha hududlarida ko‘chat ekish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilib, 75 mln dona(rejaga nisbatan 88 foiz)ko‘chatlar ekilishi ta'minlandi va ushbu tadbirlari davom ettirilmoqda.
O‘rmon xo‘jaliklarida hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarning zaxirasi yaratilib, talabdan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda yetkazib berilmoqda. Jumladan, joriy yil 11 oktyabrda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublika bo‘yicha 9443 tamahallalarninghar biriga 200 donadan bepulko‘chat yetkazib berishtopshirig‘i belgilangan. Hozirgi kunda ishlab chiqilgan taqsimot asosida respublika bo‘yicha 1 mln 716 ming donadan ortiq (rejaga nisbatan 91 foiz) ko‘chatlar mahallalarga bepul yetkazib berildi.
Respublika bo‘yicha 6739 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunga qadar ushbu tashkilotlarga 647 mingdan ortiq (77foiz)ko‘chatlar bepul yetkazib berildi. 3273 tasog‘liqni saqlash tashkilotiga 784 mingdan ortiq (87 foiz)ko‘chatlar shartnoma asosida yetkazib berildi.
Shuningdek, o‘rmon fondi yer maydonlarida 5mln.dona daraxt ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 3,7 mln donadan ortiq ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, “Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ekologik holatni yanada yaxshilash maqsadida jami 457 gektar maydonda “yashil bog‘lar”ni barpo etish belgilangan. Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash lozimki, joriy yilda 30.12.2021 yildagi PF-46-son Farmonning 1-ilovasiga ko‘ra 347,1 gektar, Vazirlar Mahkamasining 19.05.2023 yildagi 05/1-3292-son topshirig‘iga ko‘ra 110 gektarmaydonda “yashil bog‘lar” barpo etish belgilangan). Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida jami 134 tamahalliy kengashlarning “yashil bog‘lar”barpo etish maqsadida yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazildi. Hozirgi kunga qadar 337 gektarmaydonda yer tayyorlash ishlari, 167 gektarmaydonda “yashil bog‘lar” barpo qilish ishlari amalga oshirildi hamda ushbu tadbirlar davom ettirilmoqda.
Daraxt ko‘chatlari ekish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida aholini manfaatdorliginikuchaytirish maqsadqilinmoqda. Bunda, avtomobilь, temir yo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) 5 qatordankam bo‘lmagan “yashil bog‘lar”ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi. Uni parvarish qilish natijasida har yili 30%dan oshmagan qismidan foydalanish imkoni bo‘ladi.
Shuningdek, yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘”barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. 2024–2026 yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektarmaydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi. Buni izchil davom ettirish maqsadida 2024-2030 yillarda respublika shaharlari atroflarida “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.