Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig‘idir!
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tut ko‘chatlari asosan ikki usul — urug‘idan va payvand usulida yetishtiriladi. Ko‘chatlar urug‘idan ko‘paytirilganida 2 yilda tayyor bo‘lsa, payvand usulida tayyor ko‘chatni olish uchun 3 yil vaqt kerak bo‘ladi. Yangi tut navlarini yaratishda esa selektsiya usulida changlatish va tanlab olish usulidan foydalaniladi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmuidir.
Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona ozig‘i hisoblansa, uning mevalari shirin va to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan inson salomatligi uchun nihoyatda bebahodir. Tut daraxti juda qadimiy ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, tarixiy manbalarga ko‘ra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalgan. Asrlar davomida xalq selektsiyasi tamonidan Shotut, Balxi tut, Marvarid tut va boshqa ko‘plab tut navlari yaratilib, hozirgi paytda ham o‘stirilmoqda.
Pilla yetishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar ko‘p hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut ko‘chatlarining olib kelinishi pilla yetishtirish hajmlarini oshirish hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
Shuning uchun O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutasaddilari tomonidan tut kuchatlarini yetishtirish, ixota daraxtlari barpo etish uchun tut kuchatlarini ekish buyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Ayni paytda tut daraxtining uruglari pishib yetilgan bulib, urmon xujaliklari tomonidan tut uruglari jamgarilmokda, nixolxonalar tashkil etilmokda.
Tutzorlarga o‘g‘it berish uchun ularning sharoitiga qarab, mavsumni ikkinchi yarmida har gektar tutzorga 180-200 kg ammiak selitrasi va 200-250 kg superfosfat o‘g‘iti solinadi. O‘g‘itlangan tut daraxtlari va tutzorlar zudlik bilan sug‘orilishi tavsiya etiladi. Tut daraxtlari va tutzorlar o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib sug‘orilganda barg hosili o‘rta hisobda 25-30% gacha oshadi.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati,
Zafar Eshonqulov O‘rmonlarni barpo etish va qayta tiklash monitoringi boshqarmasi