Xayriya hasharlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.
Respublikada “Navro'z” umumxalx bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining umumxalx xayriya xasharini o‘tkazish bo‘yicha farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, umumxalq xayriya hashari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etiladi.
Hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undaydi. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlarida O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlari ham faol ishtirok etadi. Hashar davomida agentlik va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarning hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajariladi.